Davlat tiliga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
2025-10-16 17:00:00 / Yangiliklar

Unda agentlik direktori Erkin Muhitdinov, “Eko-media” markazi rahbari Otabek Ashurov, Yozuvchilar uyushmasi raisi birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, vazirlik va agentlik xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda nutq so‘zlagan Erkin Muhitdinov ona tili va tabiat o‘zaro bog‘liqligi, har ikkisi ham asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Otabek Ashurov esa so‘nggi yillarda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganini qayd etdi. Shoir Minhojiddin Mirzo azal-azaldan ona tili muqaddas sanalgani, bugungi o‘zbek tili shakllanishi zamirida millatimiz arboblarining yillar davomidagi mashaqqatli va samarali mehnatlari yotganini alohida e'tirof etdi. Jumladan, o‘z davrining buyuk siymolari — Alisher Navoiy, Abdulla Qahhor, Cho‘lpon, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva kabi ijodkorlarning mehnatini alohida qayd etdi.
Yakunda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova hamda xonanda Zohirshoh Jo‘rayevlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi.









