Yoshlarning atrof-muhitni asrashga qaratilgan g‘oya va takliflari tinglandi
2025-10-08 15:00:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida yoshlar tomonidan ekologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalar, amaliy loyihalar va “yashil tashabbuslar” bo‘yicha takliflar bildirildi. Shu bilan birga, ekologik ta’limni rivojlantirish, yosh mutaxassislarning malakasini oshirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish borasidagi fikrlar ham muhokama qilindi. O‘z navbatida, vazirlik tomonidan yoshlar tomonidan bildirayotgan tashabbuslar har doim qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida yoshlar va vazirlik rahbariyati o‘rtasidagi muloqotni muntazam ravishda tashkil etish hamda “Yosh ekologlar forumi”ni doimiy platforma sifatida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning sohaga oid jarayonlardagi faolligini yanada oshirish, ularning salohiyati va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.









