Barqaror turizm atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim o‘rin tutishi ta'kidlandi
2025-09-16 11:00:00 / Yangiliklar

Unda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, "Green University" prorektori Shahriyor Nurulloyev, O‘zbekiston hamda Germaniyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalari professorlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro tadbirning asosiy maqsadi — Markaziy Osiyoda barqaror turizmni rivojlantirish yo‘nalishida olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar va xalqaro ekspertlarning ilmiy yondashuvlari, amaliy tajribalari hamda innovatsion qarashlarini birlashtirishdan iborat.
Tadbirda “O‘zbekistonda barqaror turizm: 2030 yil sari imkoniyatlar va chaqiriqlar”, “Turizm muloqotlari va fuqarolik jamiyati ishtirokida nizolarning oldini olish”, “Iqlim o‘zgarishi va turizm transformatsiyasi: nazariy yondashuvlar va ilg‘or tajribalar”, “O‘zbekistonda kashf etilmagan turizm imkoniyatlari”, “Sustainability Prism 4.0: Jahon merosi shaharlarida barqaror turizm modeli” mavzulariga e'tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekistonda turizm yo‘nalishlarining bioiqlimiy sharoitlari, barqaror qishloq turizmining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, ijodiy turizm istiqbollari, Markaziy Osiyoda qishloq turizmi va merosni asrash masalalari, yashil moliyalashtirish va barqaror turizm, madaniyat va turistik motivatsiya, ekoturizmning mo‘rt landshaftlardagi ahamiyati kabi masalalar ham muhokama qilindi.
Anjuman yakunida ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Barqaror turizm nafaqat iqtisodiy taraqqiyot, balki ekologik muhofaza, madaniy merosni saqlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda ham muhim o‘rin tutishi alohida ta'kidlandi.









