Surxondaryoda kovrak bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bartaraf etilmoqda
2025-07-29 11:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspektsiyasi, hududiy boshqarmalar va O‘rmon xo‘jaligi agentligi xodimlaridan iborat 15 nafar tezkor guruh tomonidan joriy yilning 2-iyun kunidan hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bu reydlar kovrak o‘simligiga shikast yetkazish yoki nobud qilish bilan bog‘liq holatlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida olib borilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan reydlar davomida bir qator huquqbuzarliklar aniqlandi. 38 ta nazorat tadbirida 25 ta holatda 30 nafar huquqbuzarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda 122 mln so‘mdan ortiq jarima va zarar hisoblandi. Shundan 3 ta holatda to‘plangan materiallar sud va huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborildi.
Reyd tadbirlari tun-u kun davom ettirilmoqda.
