Janubiy Ustyurtning noyob jo‘rchisi
2025-07-16 09:00:00 / Yangiliklar

Jo‘rchi qushi zaif, kamayib borayotgan, mozaik tarqalgan tur hisoblanadi va O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati hamda CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Bu qushlar, asosan, qoya va jarliklardagi chuqurliklarda in quradi, ko'pincha boshqa yirtqichlarning tashlandiq inlaridan ham foydalanadi.
Jo‘rchi uyalash uchun mart oyida uchib keladi, sentabr-oktabr oylarida qishlash uchun uchib ketadi. Aprel oyining ikkinchi yarmidan may oyining o'rtasigacha 2 ta, bazan bitta tuxum qo'yadi. Polaponlari 35-38 kunda tuxumdan chiqadi. Bo'g'imoyoqlilar (ko'pincha, o'laksalari), chorvachilik va ozuqa chiqindilari bilan oziqlanadi. Ko'hitang, Bobotog', Hisor, Boysuntog', Chotqol, Qurama, Piskom, Turkiston tog'lari, Zarafshon tog'ining yonbag'irlari, Qizilqum cho'lining markaziy qismi, Nurota tog' tizmasi tarmoqlari, Ustyurt yassi tekisligi, Amudaryo qayirlarida tarqalgan.
Ma'lumot uchun, Janubiy Ustyurt milliy tabiat bog’i Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo’ng'irot tumanida joylashgan bo’lib, 2020-yil 11-noyabrda tashkil topgan. Unda 149 turdagi hayvonot dunyosi mavjud va ulardan 36 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

