Yilning eng yaxshi yoshlar eko-tadbirini o‘tkazib yubormang!
2025-07-08 11:00:00 / Yangiliklar
Aziz yoshlar va yurtimiz mehmonlari! O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan 11–16-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida “Yoshlar – kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi tashkil etiladi.
Qurultoy yoshlarning ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligini oshirish, ularni turizm sohasiga keng jalb etish maqsadida 1000 nafarga yaqin o‘zbekistonlik va xorijlik yoshlarni o‘z atrofida birlashtiradi.
Qurultoy doirasida turli tanlovlar, seminarlar, plogging va sport musobaqalari, ekologik va turistik loyihalar, yoshlar biznesini tashkil qilish, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar va taniqli insonlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Barchani 12-avgust soat 20:00da Miraki turistik markaziga Qurultoyning tantanali ochilish marosimiga taklif etamiz!
Yilning eng yaxshi yoshlar tadbirini o‘tkazib yubormang.
