Do‘lma argiopa fotokamerada
2025-07-01 10:00:00 / Yangiliklar

Bu o‘rgimchak kumushsimon, gul barglariga o‘xshash bo‘lakli qismlari bo‘lgan qorni bilan tanilgan. Uning oyoqlari oq-qora chiziqlar bilan bezatilgan, tana qismi esa tabiat yaratgan murakkab naqshlarga ega. Urg‘ochi o‘rgimchaklar 25 mm gacha o‘sishi mumkin, erkaklari esa ancha kichik — atigi 6 mm gacha bo‘ladi. Do‘lma argiopa quruq va ochiq yerlarda — dalalar, butalar, yo‘ng‘oqzorlar, cho‘l o‘simliklari va hatto qishloq yerlarida yashaydi. U katta, davra shaklidagi to‘r to‘qiydi, uning o‘rtasida zigzagsimon qalin ipak yo‘l o‘tadi. O‘rgimchak aynan shu markazda joylashib, kapalak va boshqa hasharotlarni ovlaydi. Garchi tashqi ko‘rinishi qo‘rqinchli bo‘lsa-da, bu o‘rgimchak inson uchun xavfsiz. Aksincha, u ekotizimda muhim o‘rin tutadi — zarar keltiruvchi hasharotlar sonini tabiiy tarzda nazorat qiladi.
Ma’lumot uchun, “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i 2022-yil mart oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tashkil etilgan. Bog‘ Hisor tog‘ tizmasining janubi-sharqiy yonbag‘irlarida joylashgan bo‘lib, dengiz sathidan 930 metrdan 3700 metrgacha bo‘lgan balandlikni egallaydi.
