CITES Bosh kotibi COP-20 oldidan Samarqandga tashrif buyurdi
2025-06-26 16:00:00 / Yangiliklar

Igero xonim konferensiyaning asosiy tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan zamonaviy "Silk Road Samarkand" majmuasidagi tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. U quyidagi yo‘nalishlardagi tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratdi:
— Logistika va delegatlar uchun xizmatlar;
— Plenar sessiyalar va qo‘shimcha tadbirlar uchun hududlarga ajratish;
— Texnik infratuzilma
— Xavfsizlik, vizaviy tartiblar va mehmonxona bilan ta’minlash.
Tashrif davomida Ichki ishlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Turizm qo‘mitasi, Milliy gvardiya va konferensiya tashkilotchilari bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. Mazkur muloqotlar konferensiya ishtirokchilari uchun yuqori darajada sharoit yaratish va xalqaro darajadagi tadbirni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
CITES konferensiyasi tarixda ilk bor Markaziy Osiyoda o‘tkaziladi. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun global yovvoyi hayot va bioxilma-xillikni muhofaza qilish siyosatini shakllantirish yo‘lidagi muhim voqeadir.
Samarqand tarix yaratishga va butun dunyodagi nufuzli mehmonlarni kutib olishga tayyor.




