Jayronlar fotoqopqonda
2025-06-26 12:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Oqtog‘-Tomdi" davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqonlarga jayronlar muhrlandi.

Jayron zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxatiga kiritilgan. XXI asr boshida soni 5–6 mingta deb baholangan. Hozirda taxminan 4000 tasi saqlanib qolgan. Bahorgi sanoq davrida Oqtog‘-Tomdida 35 ta jayron uchrashi qayd etilgan.
Ma'lumot uchun, “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasi 2022-yil fevral oyida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida tashkil etilgan. Qo‘riqxonada sut emizuvchilarning 14 turi, qushlarning 22 turi va sudralib yuruvchilarning 7 turi yashaydi. Shulardan 16 turdagi hayvonlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.


