Vazirlik xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi
2025-06-25 12:00:00 / Yangiliklar

Yosh avlodning ma’naviyatli, Vatanga sadoqatli insonlar bo‘lib voyaga yetishida kitobxonlikning o‘rni beqiyos. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirishga e’tibor qaratilayotgani ularning har tomonlama bilimli, yetuk salohiyatli kadrlar bo‘lib shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Ekologiya vazirligi tomonidan xodimlar bilan birga ularning farzandlari bilim-salohiyatini oshirishga qaratilgan tanlovlar, loyihalar o‘tkazib borilyapti. Mazkur kitob yarmarkasi – shulardan biri.
“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilanhamkorlikda tashkil etilgan kitob yarmarkasida 500 dan ortiq nomdagi kattalar va bolalar uchun mo‘ljallangan bir necha tildagi badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish qilingani xodimlar va farzandlariga munosib sovg‘a bo‘ldi.
Yarmarkada vazirlik tizimidagi tashkilotlar xodimlari ham o‘zlariga manzur bo‘lgan kitob va badiiy adabiyotlarni xarid qildilar.

