Yoshlarning ekologiya va turizm muammolarini bartaraf etish borasidagi tashabbuslariga e'tibor qaratildi
2025-06-13 16:00:00 / Yangiliklar

Ochiq muloqotda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, viloyatlar hokimliklari, turizm va prokuratura boshqarmalari mas'ullari, oliy ta'lim muassasalari talabalari, “Yosh ekologlar” harakati va Yosh turizm elchilari Kengashlari vakillari, eko-faol yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab kengashlar faoliyatini rivojlantirish, amalga oshirilayotgan islohotlar, kengash a’zolari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan atroflicha axborot berildi. Shuningdek, kengash a’zolarining faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, ekoturizm imkoniyatlari, raqamli texnologiyalar orqali targ‘ibotni kuchaytirish, yoshlarning ekologik faolligini oshirish, “Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot” yili" doirasidagi tashabbuslar, soha doirasidagi mavjud muammolar, tizimli kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Yakunda yoshlarga katta ishonch bildirilgan holda ular ishtirokida kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va ekologiya hamda turizm sohasidagi islohotlarda bevosita ishtirokini ta’minlash yoʻlida muhim qadam hisoblanadi.









