Turkiston silovsini yangi tug‘ilgan bolalarini xavfsiz joyga ko‘chirmoqda
2025-06-11 10:00:00 / Yangiliklar

Silovsin zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va CITESning II Ilovasiga kiritilgan. G‘arbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskom, Chotqol, o‘tmishda Qurama, Farg‘ona tizmalari) va Pomir-Oloyda tarqalgan. Tog‘larning o‘rta va yuqori qismlari, ko‘pincha sochma-toshloq va qoyalarga yaqin joylarda yashaydi.
Turkiston silovsini may-iyun oylarida bolalaydi. Yosh silovsinlar 2-3 yilda voyaga yetadi. Ko‘payish davridan so‘ng ozuqa yetishmasa, boshqa choyga ko‘chadi. Quyonlar bilan oziqlanadi. 17 yilgacha yashaydi.
Ma'lumot uchun, Surxon davlat qo'riqxonasi 1986-yil 8-sentabrda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida tashkil etilgan. Hududda 200 turga yaqin hayvonot dunyosi uchraydi, shulardan 25 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

