Butunjahon atrof-muhit kuni: umumiy burch va mas’uliyat
2025-06-05 09:00:00 / Yangiliklar

2025-yilgi kampaniya plastik ifloslanishiga qarshi kurashishga bag‘ishlangan — bu inson salomatligi, ekotizimlar va iqlimga jiddiy xavf solayotgan global muammo hisoblanadi. Aksiya bir martalik plastikdan voz kechish, barqaror materiallarga o‘tish va jamiyatning barcha qatlamlari ishtirokida hamkorlikda harakat qilishga chaqiradi.
O‘zbekistonda 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Bu esa ekologik masalalarga e’tiborni kuchaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish kun tartibini kengaytirish uchun muhim turtki bo‘ldi. Mamlakatda bir qator yirik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda: chiqindilarni qayta ishlash tizimi faol rivojlanmoqda, ekologik ta’lim va barqaror tabiatdan foydalanishga oid loyihalar ilgari surilmoqda. “Yashil makon” tashabbusi doirasida butun respublika bo‘ylab yuz millionlab daraxtlar ekilmoqda, xususan, qurib qolgan Orol dengizi tubida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda — bu cho‘llanishga qarshi kurashish va tabiiy muvozanatni tiklashga qaratilgan.
Shu bilan birga, xalqaro ekologik hamkorlik ham kuchaymoqda: O‘zbekiston IUCN, GEF, UNEP, UNDP, Yashil iqlim jamg‘armasi kabi tashkilotlar bilan birgalikda barqaror rivojlanish, qayta tiklanadigan energiya manbalari va biologik xilma-xillikni saqlash borasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilish — har birimizning burchimizdir. Faqatgina birlashgan holda biz tabiatni asrab qolamiz va kelajak avlodlar farovonligini ta’minlay olamiz.
