"Orolqum"dagi fotoqopqonga yovvoyi o‘rdaklar muhrlandi
2025-05-23 09:00:00 / Yangiliklar

Yovvoyi o‘rdaklar tabiiy muhitda (ko‘l, daryo, botqoqlik, hovuz) yashaydi. Ular Antarktidadan tashqari barcha qit’alarda uchraydi, ayniqsa, shimoliy yarim sharda — Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada ko‘p tarqalgan. Aksariyat yovvoyi o‘rdaklar baquvvat, patlari suvni qaytarishga, oyoqlari esa suzishga moslab yaratilgan. Erkak o‘rdaklarning patlari yorqin, urg‘ochilariniki esa ko‘zga ko‘rinmas xira rangli bo‘ladi.
Yovvoyi o‘rdaklarning ko‘plab turlari uzoq masofalarga ko‘chib yuradi. Suv o‘simliklari, urug‘lar, hasharotlar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Suv bo‘yida — o‘tlar orasida, butalar ichida yoki daraxt kavaklarida in quradi.
Ma'lumot uchun, "Orolqum" milliy tabiat bog'i 2022-yil 4-martda Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanida tashkil etilgan. Hududda hayvonot dunyosining 25 turi uchraydi, shundan 4 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.


