Xalqaro bioxilma-xillik kuni
2025-05-22 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha faol choralar ko‘rilmoqda. 2019–2028-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiya amalga oshirilmoqda, xalqaro hamkorlar bilan keng ko‘lamli loyihalar olib borilmoqda. O‘rmon va yaylovlar tiklanmoqda, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish tizimi takomillashtirilmoqda, biologik xilma-xillik bo‘yicha Kunming-Monreal global dasturi doirasida milliy maqsadlar belgilanmoqda.
Shu bilan birga, o‘rmon xo‘jaligida barqaror yondashuvlar joriy etilmoqda, biosfera rezervatlari yaratilmoqda, ekologik ta'lim va ongni yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Har birimiz tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, chiqindilarni kamaytirish va ertangi kun haqida o‘ylash orqali bioxilma-xillikni asrashga o‘z hissamizni qo‘sha olamiz. Bugun tabiatni asrash orqali ertangi hayotni saqlab qolamiz.





