"Green University" 2025–2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi
2025-05-16 17:00:00 / Yangiliklar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi "Green University" — bu butun faoliyati atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishlari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan mintaqadagi ilk ixtisoslashgan universitetdir. Mazkur ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-174-sonli qaroriga asosan davlat universiteti sifatida tashkil etilgan.
"Green University" — bu butun faoliyati atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishlari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan mintaqadagi ilk ixtisoslashgan universitetdir. Mazkur ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-174-sonli qaroriga asosan davlat universiteti sifatida tashkil etilgan.
Universitet o‘zining ta’lim va ilmiy faoliyatini yetakchi mahalliy va xorijiy hamkorlar, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ekologik markazlar bilan yaqindan hamkorlikda olib boradi. Asosiy e’tibor tabiiy muhitni muhofaza qilish siyosati, yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishlariga moslashuv yo‘nalishlarida samarali yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy eta oladigan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
2025–2026-o‘quv yili uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul ochilgan:
Bakalavriat dasturlari:
— Ekologik va barqaror boshqaruv (BSc (Hons) Environmental and Sustainable Management);
— Ekologiya va davlat boshqaruvi (BSc (Hons) Ecology and Public Administration);
— Atrof-muhit va iqtisodiyot (BSc (Hons) Environment and Economics);
— Ekologik muhandislik va qayta tiklanuvchi energetika (yangi dastur) (BSc (Hons) Environmental Engineering and Renewable Energy (new);
— Barqaror turizm va ekoturizm boshqaruvi (yangi dastur) (BSc (Hons) Sustainable Tourism and Ecotourism Management (new).
Magistratura dasturlari:
— Barqaror rivojlanish (MSc Sustainable Development);
— Barqaror moliyalashtirish (MSc Sustainable Finance);
— Ekologik huquq (MSc Environmental Law);
— Ekologik kommunikatsiya (MSc Environmental Communication);
— Tabiatni muhofaza qilish (yangi dastur) (MSc Nature Conservation (new);
— Barqaror turizm (yangi dastur) (MSc Sustainable Tourism (new);
— Sirkulyar iqtisodiyot (yangi dastur) (MSc Circular Economy (new);
— Gidrometeorologiya va suv resurslarini boshqarish (yangi dastur) (MSc Hydrometeorology and Water Management (new);
— Shaharlarning barqaror rivojlanishi (yangi dastur) (MSc Sustainable Urban Development (new);
— Iqlimga mos o‘rmon xo‘jaligi (yangi dastur) (MSc Climate Resilient Forestry (new).
Ta’lim kredit-modul tizimi asosida, Yevropa kreditlarni o‘tkazish va jamg‘arish tizimiga (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) muvofiq amalga oshiriladi. Barcha yo‘nalishlarda ta'lim tili — ingliz tili.
"Green University"da talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy tadqiqotlarda ishtirok etish, malaka oshirishlar va xalqaro akademik almashinuv dasturlarida qatnashishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, universitet quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar markazi hisoblanadi:
— iqlim o‘zgarishlarini yumshatish va unga moslashish;
— bioxilma-xillikni asrash;
— tabiiy resurslarni barqaror boshqarish;
— sirkulyar iqtisodiyot va yashil texnologiyalarni rivojlantirish.
Universitet tarkibiga zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar kiradi. Bu esa talabalarni birinchi kursdayoq ilmiy faoliyatga jalb qilishga imkon yaratadi.
Bundan tashqari, "Green University" xalqaro hamkorlik maydoni hisoblanadi. Talabalar UNEP, Jahon banki, JICA, IUCN kabi yetakchi tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlari bilan malaka oshirish, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.
"Green University" bitiruvchilarni bakalavriat va magistratura bosqichlarida xalqaro darajadagi sifatli ekologik ta’lim olish uchun hujjat topshirishga va mintaqa va sayyoramizning barqaror kelajagiga munosib hissa qo‘sha oladigan ekologlar, tahlilchilar, menejerlar va innovatorlar yangi avlodining bir qismi bo‘lishga taklif qiladi.
🔗 Qo‘shimcha ma’lumot:
🌐 Rasmiy sayt: www.greenuniversity.uz
📧 Elektron pochta: admission@greenuniversity.uz
☎️ Telefon: +998 55 512 00 77









