"Daraxtlar reyestri" loyihasi doirasida oʻquv kurslariga qabul boshlanmoqda
2025-05-07 15:00:00 / Yangiliklar

Loyiha doirasida bazaviy ekologik va o‘rmonchilik (dendrologik) bilimlariga ega, 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan vaqtincha ishsiz yoshlar uchun bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Oʻquv kursi davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi:
— Atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari;
— umumiy ekologik bilimlar;
— daraxtlarni sug‘orish va parvarishlash tizimlari;
— kasalliklarning oldini olish;
— dendrologiya asoslari;
— daraxtlarning taksatsiya ko‘rsatkichlari;
— geodeziya, GNSS qurilmalari va "Field Map" dasturi;
— amaliy mashg‘ulotlar (malaka amaliyoti).
O‘quv kursiga tanlov suhbat asosida o‘tkaziladi va 100 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Kurslar 2 hafta (72 soat) davom etadi, yakunda sertifikat beriladi. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlar loyihaga ishga tavsiya etiladi (2 yil davomida). O‘qish xarajatlari to‘liq Ekologiya vazirligi tomonidan qoplanadi.
Arizalar qabul qilish muddati: 10-may — 30-may 2025-yil
Ma'lumot uchun: +998 94 209 46 33
Hujjatlaringizni quyidagi manzillarga yuboring: ecomarkaz@mail.ru, ekomarkaz@exat.uz
Atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shmoqchimisiz? Unda imkoniyatni boy bermang!
