Tinib-tinchimas qum quyoni fotoqopqonda
2025-05-01 09:00:00 / Yangiliklar

Qum quyoni uncha katta bo‘lmagan hayvon bo‘lib, quyonlarning eng kichik vakili hisoblanadi. Tanasining uzunligi 39-55 sm, dumining uzunligi 7,5-11,5 sm, og‘irligi esa 1,5-2,5 kg.ga еtadi. Quloqlari va oyoqlari uzun. Mo‘ynasi qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish-kulrang tusda bo‘ladi, qishki tullash vaqtida rangini o‘zgartirmaydi.
Qum quyoni O‘zbekistonda cho‘llar, to‘qay chakalakzorlari, sug‘oriladigan yеr chekkalari, tog‘ etaklari, tog‘larda yashaydi. Turli o‘tlar va butalar bilan, qishda esa shuvoq, shox, daraxt va butalar qobig‘i bilan oziqlanadi. Ko‘pincha o‘simliklarning ildiz va piyozini qazib yеydi.
Ma'lumot uchun, Surxon davlat qo'riqxonasi 1986-yil 8-sentabrda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida tashkil qilingan. Hududda 194 tur hayvonot vakili uchraydi, shundan 25 turi O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qo‘riqxonada morxo'r va Buxoro tog' qo'yi ko‘proq uchraydi.
