27–29-aprel — “SOS sayg’oq” —sayg’oqlarni muhofaza qilish kunlari!
2025-04-27 12:00:00 / Yangiliklar
Sayg’oqlar butun dunyoda yo’qolib borayotgan kamyob tur hisoblanadi. Shuning uchun uni saqlab qolishga qaratilgan Memorandum imzolangan.

Sayg'oqlar 50-70 ming yil oldin paydo bo'lgan mamontlar va muzlik davridan beri yashab keladi. Bugunga kunga kelib esa u yo’qolib ketish xavfi ostida.
Sayg’oqlar populyatsiyasini saqlab qolish bioxilma-xillik va ekologik vaziyatni barqaror saqlab qolish uchun muhim hisoblanadi. Shuning uchun yaqinda Qoraqalpog’istonda bo’lib o’tgan “Orolbo’yi ezgu niyat elchilari” konferensiyasida aynan sayg’oqlarni asrab qolish mavzusiga ham e’tibor qaratildi.
Ma’lumot uchun, sayg‘oqlar populyatsiyasini ko‘paytirish maqsadida 2016-yilda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlarida umumiy maydoni 628,3 ming gektar, muhofaza zonasi 219,8 ming gektar bo‘lgan “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi tashkil etilgan.
