Yoshlarni o‘ylantirayotgan taklif va muammolar tinglandi
2025-04-17 14:00:00 / Yangiliklar

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “Yoshlar balansi” asosida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik va idora, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga biriktirish vazifasi belgilangan.
Uchrashuv Ekologiya vaziriga biriktirilgan 39 nafar alohida ishlash talab etiladigan yoshlarning bandligini taʼminlash, hayotda oʻz oʻrnini topishi va boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishiga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirildi. Unda har bir yosh bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.
Yakunda vazirlik tomonidan yoshlarning murojaatlariga ijobiy yechim topish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi ta'kidlandi. Qolaversa, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Buxoro viloyati va Jizzax shahriga sayohat tashkil qilish rejalashtirildi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yili vazirlikka jami 130 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, shulardan 60 nafardan ortigʻining muammolari hal etilgan, ularni kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash, hayotda oʻz oʻrnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama koʻmaklashilgan.




