Asosiy kontentga o'tish

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etildi

2025-03-20 10:00:00 / Yangiliklar

2025-yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog" faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi 1048-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, yurtimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni, biologik xilma-xillikni asrash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashga munosib hissa qo’shgan va bu borada ko’zga ko’rinarli natijalarga erishgan ekofaollar mazkur unvon bilan taqdirlanadi.
 
Shuningdek, unvon ekologik toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirish va koʼkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʼrsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlar va soha vakillari, shuningdek, mazkur yoʼnalishda jamoatchilik nazoratini olib borayotgan ekofaollarga ham beriladi.
 
“Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish toʼgʼrisida”gi qonun ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar faoliyatini ragʼbatlantirishga va nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

707

Oxirgi yangilanish: 2025-03-20 11:24:33

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta’sis etildi