Bahorga oshiqayotgan Buxoro bug‘ulari
2025-03-11 10:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida bahor kelganini quvonch bilan qarshi olayotgan Buxoro bug‘ulari (xongul) tasvirga olindi.

Buxoro bug‘ulari yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va CITESning II Ilovasiga kiritilgan. Shuningdek, transchegaraviy ko‘chib yuruvchi tur sifatida Bonn Konvensiyasidan o‘rin olgan. 2022-yilda mazkur turni saqlab qolish bo‘yicha davlatlararo miqyosda dastur va reja tasdiqlangan.
Ma'lumot uchun, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgust kungi 243-sonli qarori bilan tashkil qilgan. Rezervat Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlari hududida joylashgan. Unda 30 dan ortiq hayvonot dunyosi vakillari yashaydi va 4 turi noyob hisoblanadi. Buxoro bug‘usi, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi, qum quyoni ko‘proq uchraydi.
