Aydar-Arnasoyda 2024-yildan hozirga qadar qancha reyd o‘tkazildi?
2025-02-19 11:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi huzuridagi Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini nazorat qilish boʻlimi tomonidan hududda tunu kun nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, boʻlim tomonidan 2024-yilda va 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 329 ta reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reydlar davomida168 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, 603 mln 125 ming soʻm jarima belgilangan va 173 mln 852 ming soʻm tabiatga yetkazilgan zarar aniqlangan.
Bundan tashqari, noqonuniy baliq ovlovchi brakonyerlar tomonidan 1 ta holatda hayvonot dunyosiga 56 mln 250 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘lib, toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan va Jinoyat Kodeksining 202-moddasiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Huquqbuzarliklarga nisbatan jami 833 mln 227 ming soʻm miqdorida jarima va zarar qoʻllanilgan.
Nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.









