Chegara hududida noqonuniy ov qilib yurganlar aniqlandi
2025-01-16 14:00:00 / Yangiliklar
O‘rganish natijasida Boʼstonliq tumani Kichiksoy MFYdagi chegara oldi hududida 3 nafar fuqaro “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun, Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi rejimi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi Nizomlarda koʻrsatilgan talablarni buzgan holda noqonuniy ov qilib yurgani ma'lum bo‘ldi.
Holat oʼrganilganda ularning yonidan 2 ta ov quroli va ovlangan 1 dona yovvoyi choʼchqaga tegishli goʼsht boʼlaklari topildi. Noqonuniy ov natijasida tabiatga 11 million so’mdan ziyod zarar yetkazilgan.
Holatga qonuniy baho berish uchun toʼplangan hujjatlar Boʼstonliq tuman Jinoyat ishlari boʼyicha sudiga taqdim etildi. Ov qurollari esa Bo’stonliq tuman Ichki ishlar bo’limiga topshirildi.