O‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborgan huquqbuzarga chora ko’rildi
2024-12-17 14:00:00 / Yangiliklar
Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Gurlan tumanida navbatdagi reyd tadbiri o’tkazildi.

Reyd davomida tumanning "Chinobod" mahallasi hududida fuqaro O'.R. o'simlik qoldiqlarini bir joyga to'plab, yoqib yuborganligi aniqlandi.
Ma’lumot uchun, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida atrof-muhitni muhofaza qilishga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, 62-moddada “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” deya belgilab qo‘yilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari, ya'ni 1 million 125 ming so'm jarima belgilandi.
