Surxon qo‘riqxonasidagi morxo‘rlar
2024-12-17 11:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga morxo‘rlar galasi muhrlandi.

Ma'lumot uchun, Surxon davlat qo'riqxonasi 1986-yil 8-sentabrda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida tashkil qilingan. Hududda 194 tur hayvonot dunyosi uchraydi, shundan 25 turi O'zbekiston Qizil kitobidan joy olgan.
Morxo‘r butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati va CITESning I Ilovasiga kiritilgan.
1950–1970-yillarda morxo‘rlarning soni keskin kamayib ketgan, keyinchalik Surxon qoʻriq xonasida olib borilgan muhofaza choralari tufayli asta–sekin barqarorlashdi, biroq boshqa hududlarda qisqarishda davom etmoqda. Hozirda morxo‘rlar taxminan 400dan ortiqni tashkil etadi.
