Ustyurt qo‘ylari tik qoyalarda
2024-12-06 11:00:00 / Yangiliklar

Maʼlumot uchun, milliy tabiat bogʻi 2020-yil noyabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumani hududida tashkil etilgan. Uning umumiy maydoni 1 447 143 gektarga teng. Bogʻda 149 turdagi jonivorlar mavjud boʻlib, ulardan 36 tasi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Ustyurt qoʻylari yoʻqolib ketish xavfi ostidagi tur sifatida IUCN Qizil ro‘yxati va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ustyurtning janubida, asosan, Qozoqli-Qoplonqir, “Quruq koʻl” boʻlimlarida, Sariqamish choʻqqisi qoyalari boʻylab va janubiy qoyalarning sharqiy qismida tarqalgan. Ustyurt qoʻylarining soni muttasil kamayib bormoqda. Tur Qozog'iston va Turkmaniston bilan transchegaraviy populyatsiyaning bir qismidir. O'zbekistonda ularning umumiy soni 150 taga yaqin.
