Toʻqay mushugi fotoqopqonda
2024-11-27 11:00:00 / Yangiliklar
Ma'lumot uchun, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati 2011-yil 26-avgustda tashkil etilgan. Rezervat Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlari hududida joylashgan bo'lib, 36 tur hayvonot dunyosi uchraydi. Bulardan 4 turi noyob hisoblanadi. Buxoro bug‘usi, chiyabo‘ri, to'qay mushugi, qum quyoni kabi hayvonlar uchraydi. To'qay mushugining soni hududda 8-10 tani tashkil etadi.
Toʻqay mushugi mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi hayvon boʻlib, tashqi koʻrinishi silovsinga oʻxshaydi. U uy mushuklarining har qaysi turidan kattaroq: uzunligi 54-94 sm, dumi 30 smgacha va vazni 8-12 kgga yetadi. Qushlar, kemiruvchilar va quyonlar bilan oziqlanadi. Oʻrta Osiyodagi daryolarning qirgʻoqboʻyi zonasida, Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida, qamishzor va oʻrmonlarda uchraydi.