Ekologiya vazirligi huzuridagi sinov laboratoriyasi xalqaro standartlarga muvofiq deb topildi
2024-11-25 10:00:00 / Yangiliklar

Laboratoriya “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasi baholash komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Bunda laboratoriyada yetarlicha shart-sharoit yaratilganligi va malakali xodimlar faoliyat yuritishi tasdiqlandi.
Baholash natijasida Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazining sinov laboratoriyasi akkreditatsiya sohasi kengaytirilib, aniqlanadigan koʻrsatkichlar soni 142 tadan 217 tagachani tashkil etdi.
Laboratoriya faoliyati ISO/IEC 17025:2017 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalarining kompetentligiga qoʻyiladigan umumiy talablar” xalqaro standarti talablariga javob berishi ta'kidlandi va OʻZAK.SL.0178-raqamli akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim etildi.
