11-oktabr - Xalqaro qizlar kuni
2024-10-11 18:35:00 / Yangiliklar

2011-yil 19-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 11-oktabrni Xalqaro qizlar kuni deb e’lon qildi. Bu kunda dunyo hamjamiyati e'tibori qizlar duch keladigan muammolarni hal qilish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish va huquqlarini mustahkamlash kabi masalalarga qaratiladi.
Bugungi kunda yurtimizda yosh avlodning ekologik ongi va mas’uliyatini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasi o‘laroq atrof-muhitni muhofaza qilish haqida qayg‘uradigan yosh eko-faollar, qizlar soni ortib bormoqda. Ularning bu boradagi har qanday tashabbusi, fikri esa, albatta, muhim va qimmatlidir.
Ekologiya vazirligi yosh eko-faol qizlarni bugungi kun bilan samimiy tabriklab, ularning intiluvchanligi qadrlaydi, go‘yalari va tashabbuslarini amalga oshirishda ko‘mak berishga har doim tayyor ekanligini ta’kidlaydi.
