"Green University"da ehtiyojmand oilalar farzandlari bepul o‘qitiladi
2026-03-27 15:35:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti ("Green University") tomonidan ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy loyiha yo‘lga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, universitet tomonidan Toshkent tumanida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalardagi yoshlar uchun bepul o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Kurslar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
— Ingliz tili;
— Ekologiya;
— Dasturlash.
Ushbu kurslar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.
✉️info@caguniversity.uz
☎️ +998 55 512 00 77
📍Location
