Toshkent viloyatida “O‘rmon volontyorlari maktabi” bo‘lib o‘tdi
2024-06-22 17:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda jamoat birlashmalari rahbarlari, ekologiya sohasi yetakchilari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlari, ekolog blogerlar, volonyorlar ishtirok etdi.
Oromgoh doirasida EKA Harakati mutaxassislari, Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi xodimlari va mahalliy ekologik jamiyatlar vakillarining ma’ruzalari tinglandi, tabiatni tozalashga qaratilgan tadbirlar, tog‘larda sayr qilish, pitomniklarda ko‘ngillilik faoliyati tashkil etildi. Shuningdek, o'rmonlarni qayta tiklash, iqlim o'zgarishi, bioxilma-xillik, ekologik loyihalarni yaratish va rag'batlantirish, o'rmonlarni muhofaza qilish va yaxshilash, melioratsiya, aholining ekologik ta'limi va jamoalar bilan ishlash kabi mavzularga ham e'tibor qaratildi.
Yetti kun davomida ishtirokchilar o‘z loyihalari bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tuzdilar, bular oromgohning so‘nggi kunida himoya qilindi. Endi ekovolontyorlar yil davomida o‘z g‘oyalarini amalga oshirish ustida ishlashadi.
Tadbir yakunida loyiha hamkorlari tomonidan sertifikat va sovg‘alar topshirildi.
Ma'lumot uchun, yaqin kunlarda tashkilotchilar avgust oyida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyatida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro o‘rmon volontyorlari maktabida ishtirok etadigan 5 kishini tanlab olishadi.








