Ayollarga ehtirom ko'rsatildi
2026-03-06 17:40:00 / Yangiliklar
Tadbirda qo'mita raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etib, qo'mita tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi.
Xalqimizda mo'tabar ayol zotiga azal-azaldan hurmat ko'rsatib kelingani, mamlakatimizda bugungi kunda opa-singillarimizning oilada, davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirishga ustuvor vazifalardan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilayotgani qayd etildi.
Qolaversa, so’nggi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida ham xotin-qizlarning o’rni va ahamiyati ortib borayotgani, barcha sohada bo’lgani kabi ekologiyada ularning mehnati beqiyos ekanligi ta'kidlandi.
Bayram tadbirlari hududiy bosh boshqarmalar, tizim tashkilotlarida ham davom etmoqda.
