Buxoroda ekologik masalalar yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi
2026-03-05 15:30:00 / Yangiliklar

Sayyor qabulda aholi tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga doir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Xususan, yashil maydonlarni kengaytirish va daraxt ekish — hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish, yangi bog‘ va xiyobonlar barpo etish, mavjud daraxtlarni asrab-avaylash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Shuningdek, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishga e’tibor qaratildi — maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish, noqonuniy chiqindi to‘planishining oldini olishmasalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, karyerlardan so‘ng yerlarni rekultivatsiya qilish — qazib olish ishlari yakunlangach, yer resurslarini tiklash, ekologik muvozanatni ta’minlash bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Sayyor qabul davomida murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Har bir murojaat nazoratga olinib, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha ma’sullarga aniq vazifalar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan samarali hamkorlikni mustahkamlash, hududda sog‘lom va toza ekologik muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.



