“10 savolga 10 javob, muhim 5 qoida” ruknlari doirasida
2026-02-23 19:00:00 / Yangiliklar
Javob: Farmonga muvofiq, Turizm qoʻmitasi Ekologiya vazirligi tarkibidan ajratilib, alohida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etildi; shuningdek, Ekologiya vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tuzildi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoniga asosan yangi tashkil etilgan Ekologiya qoʻmitasining asosiy vazifalari va sohadagi tarkibiy oʻzgarishlar nimalardan iborat?
Javob: Farmonga koʻra, Ekologiya qoʻmitasi atrof-muhitni muhofaza qilish, “Yashil makon” loyihasi va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish boʻyicha yagona vakolatli davlat organi etib belgilandi; uning huzurida oʻrmon, gidrometeorologiya va chiqindilarni boshqarish bo‘yicha 3 ta agentlik oʻz faoliyatini davom ettiradi, shuningdek, Prezident Administratsiyasida Prezidentning ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasi tashkil etildi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoni bilan Ekologiya qo‘mitasi zimmasiga qanday yangi umummilliy loyihalar yuklatildi va sohani rivojlantirish uchun qanday yangi tuzilma tashkil etildi?
Javob: Farmonga ko‘ra, Ekologiya qo‘mitasi chiqindilarni boshqarish bo‘yicha “Chiqindidan holi hudud”, havoni tozalash bo‘yicha “Toza havo”, bog‘lar barpo etish bo‘yicha “Yashil makon”, ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha “Eko-madaniyat” hamda bioxilma-xillikni asrash bo‘yicha “Bio meros” umummilliy loyihalariga mas’ul etib belgilandi; shuningdek, sohada professional loyihalarni tayyorlash uchun ekspertlardan iborat “Ekoloyihalar fabrikasi” (Loyiha ofisi) tashkil etildi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoniga binoan 2026-yil 1-apreldan boshlab ekologik huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga nisbatan qanday yangi javobgarlik tartibi joriy etilmoqda?
Javob: Farmonga ko‘ra, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzgan yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo‘llash tartibi joriy etiladi; bunda jarima to‘lagan tashkilotning xodimlariga nisbatan alohida ma’muriy jazo qo‘llash taqiqlanadi, shuningdek, jarimani to‘lash huquqbuzarni Ekologiya qo‘mitasining ko‘rsatmalarini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoniga binoan ekologik nazoratni kuchaytirish maqsadida qaysi idoralar negizida yangi “Ekopolitsiya” tuzilmasi tashkil etilmoqda?
Javob: Farmonga ko‘ra, Ekologiya vazirligining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi, hududiy maxsus prokuraturalar hamda prokuratura tizimidagi ekologiya va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi nazorat bo‘linmalari negizida Ekologiya qo‘mitasi tarkibida alohida yuridik shaxs bo‘lmagan “Ekopolitsiya” (Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi) tashkil etildi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoniga binoan yangi tashkil etilgan Ekopolitsiya tuzilmasining maqomi, rahbariyat tarkibi va hududiy tuzilish tartibi qanday belgilandi?
Javob: Farmonga ko‘ra, prokuratura tizimidan 40 ta shtat birligi o‘tkazilgan Ekopolitsiya Ekologiya qo‘mitasining huquqni muhofaza qiluvchi maxsus bo‘linmasi hisoblanadi; unga bevosita Ekologiya qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi, uning hududiy bo‘linmalari esa viloyat chegaralariga bog‘lanmagan holda, tabiiy ekologik hududlar (ekotizimlar) chegarasi asosida tashkil etiladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmoniga ko‘ra Ekologiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga qaysi masalalar yuzasidan muntazam ravishda hisobot (axborot) kiritib borishi belgilandi?
Javob: Farmonga ko‘ra, Ekologiya qo‘mitasi yirik korxonalar tomonidan sodir etilgan ekologik huquqbuzarliklar va ularga ko‘rilgan choralar, mas’ul organlarning o‘z vazifalarini bajarish holati hamda davlat organlarining ekologiya qonunchiligiga zid bo‘lgan qarorlarini bekor qilish bo‘yicha bevosita Prezidentga muntazam hisobot berib boradi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmonida belgilangan yuridik shaxslarga nisbatan yangi moliyaviy jazo tizimini amaliyotga joriy etish uchun mas’ul idoralarga qanday aniq muddat va vazifa yuklatildi?
Javob: Farmonga ko‘ra, Ekologiya qo‘mitasi va Adliya vazirligiga bir oy muddatda ekologik huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalar qo‘llash tartibini nazarda tutuvchi alohida qonun loyihasini ishlab chiqish va Prezident Administratsiyasiga kiritish vazifasi yuklatildi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmonining ijrosini toʻliq taʼminlash uchun amaldagi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qanday muddat va mexanizm belgilandi?
Javob: Farmonga koʻra, Ekologiya qoʻmitasi va boshqa mutasaddi idoralarga ikki oy muddatda amaldagi qonunchilik hujjatlarini ushbu Farmon talablariga moslashtirish, yaʼni zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash vazifasi yuklatildi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son Farmonining 1-ilovasiga muvofiq, “Chiqindidan holi hudud” umummilliy loyihasi doirasida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimida qanday tub burilishlar nazarda tutilgan?
Javob: Farmonga ko‘ra, loyiha doirasida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarini qurish, tibbiyot va xavfli chiqindilarni utilizatsiya qilishning xavfsiz tizimini yaratish, poligonlar sonini keskin kamaytirib, ularni rekultivatsiya qilish (tiklash), shuningdek, maxsus texnika va konteynerlar sonini oshirish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash belgilandi.
