Ekologik muvozanatni ta'minlash va suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilandi
2026-02-18 11:45:00 / Yangiliklar

Unda ekologik muvozanatni ta'minlash va suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilab berildi.
Xususan, Farmonga ko‘ra, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish hisobiga 7 mlrd metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish va atmosferaga 11 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldini olish, 2026/2027-o‘quv yilidan dual ta'lim asosida har bir hududda 14 ta "yashil" texnikum tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, ekspluatatsiya muddati o‘tgan avtomobillar utilizatsiyasini tashkil etish va uning komponentlarini qayta ishlash, elektromobil sotib olishni rag‘batlantirish uchun aholiga 16 foizgacha stavkada kreditlar ajratish maqsad qilingan.
Bundan tashqari, suv tejashga ham alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, 504 ming metr gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar orqali 5 mlrd kub metr suv iqtisod qilish, 1,3 ming km kanallar, sug‘orish tarmoqlari va boshqa irrigatsiya obyektlarini betonlashtirish orqali yiliga qo‘shimcha 500 mln metr kub suv iqtisod qilish rejalashtirilgan.
Farmonga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilib, elektromobilda taksi xizmatini ko‘rsatadigan fuqarolarga bir qancha imtiyozlar yaratiladi. Xususan, ularga belgilangan ijtimoiy soliqni to‘lashda 10 foizgacha chegirma beriladi, davlat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan, shu jumladan, aeroport va vokzallarning pulli avtoturargohlaridan 30 daqiqagacha bepul foydalanishga ruxsat etiladi. Shuningdek, huquqbuzarlik va YTH sodir etmasdan 1 mln km masofada taksi xizmatini ko‘rsatgan fuqarolarga "Tabiat himoyachisi" ko‘krak nishoni beriladi.
Shu bilan birga, respublikaning chang-toʻzonlar tez-tez sodir boʻladigan hududlarida aholining salomatligini asrash uchun zarur tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, yashil bogʻlar va yashil devorlar barpo etiladi, 365 ming gektar yerda daraxt va butalar ekiladi, har bir hududda botanika va dendrologiya bogʻlari hamda soya-salqin sayr koʻchalari barpo etiladi.

