Alisher Navoiyning beqiyos ma'naviy me'rosi yod olindi
2026-02-10 11:20:00 / Yangiliklar
Yurtimizning barcha hududlarida 9-fevral — so’z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir, o‘zbek adabiy tili asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi keng nishonlanmoqda.

Xususan, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xodimlari O‘zbekiston Milliy bog’idagi Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yishdi.
Tadbir davomida buyuk bobokalonimizning beqiyos ma'naviy merosi, o‘zbek tili taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi alohida e'tirof etildi. Ayniqsa, uning ijodi atrof-muhitni asrash, jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish, tabiiy resurlardan samarali foydalanish targ‘ib qilingani bilan yanada qadrli ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, mahalliy va xorijlik talabalar tomonidan Alisher Navoiyning eng sara ijod namunalaridan parchalar o‘qildi.







