9-fevral — Alisher Navoiy merosini xotirlash kuni
2026-02-09 11:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 9-fevral kuni O‘zbekistonda va butun dunyoda buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi, o‘zbek tili hamda adabiyoti asoschisi sifatida e’tirof etilgan Alisher Navoiy (1441–1501) tavalludining 585 yilligi keng nishonlanmoqda.

Alisher Navoiy ijodi boy adabiy an’analarning shakllanishida mustahkam poydevor bo‘lib, ona tilimizni yuksak ijod, falsafa va ijtimoiy tafakkur darajasiga ko‘tardi. Uning insonparvarlik, adolat va ma’naviy kamolot haqidagi g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan bo‘lib, avlodlar va madaniyatlarni birlashtirib kelmoqda.
Navoiy merosi — bu milliy qadriyatlarimizning bebaho qismi, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilgan ulkan va munosib hissadir.
Bu kunda biz buyuk bobokalonimizga chuqur ehtirom ko’rsatib, bebaho badiiy merosini yana bir bor yod etamiz.







