Atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirida faol ishtirok eting!
2024-05-30 14:40:00 / Yangiliklar
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘zbekiston milliy media birlashmasi, Turizm qo‘mitasi hamda Sirdaryo viloyat hokimligi tomonidan 3-iyun kuni Sirdaryo viloyatida 5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati tadbir o‘tkaziladi.

Tadbir doirasida Guliston shahar Bo‘ston MFYda “Biz chiqindilarga qarshimiz” plogging eko-musobaqasi, shahar Istirohat bog‘ida gastronomik festival va yosh rassomlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Boyovut tumani “Qaropchi” mahallasida ot ustida kurashish va etnosport o‘yinlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Guliston shahar drama teatri oldida milliy hunarmadchilik, milliy kuylar festivali hamda tadbir yakunida "X-faktor" shousi qatnashchilari ishtirokida konsert dasturi o‘tkaziladi.
Barchangizni tadbirda qatnashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga munosib hissa qo‘shishga chaqiramiz.
