Navbatdagi trening Xorazm viloyatida tashkil etildi
2026-01-31 18:45:00 / Yangiliklar

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti asosida amalga oshirilmoqda.
O‘quv seminarlarida trener sifatida Ekologiya qo'mitasi Jamoatchilik Kengashi a'zolari Nargis Qosimova hamda Feruzbek Sayfullayev ishtirok etdi
Trening davomida ishtirokchilarga “Ekologik korrupsiya nima?”, “U qanday shakllanadi?”, “O‘zbekistondagi ekologik muammolarning korrupsiya bilan bog‘liq jihatlari” kabi dolzarb mavzular yuzasidan tushuntirish va muhokamalar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar interaktiv ruhda o‘tib, qatnashchilar ekologik korrupsiyani aniqlash, yoritish va unga qarshi kurashishda OAV hamda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni haqida amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.
Treningningda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi Xorazm viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Izzatbek Mahmudov ekologik korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud tajribalar va muhim masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Xorazm viloyat boshqarmasi matbuot kotibi Surrayo Sobirova ham ishtirok etib, trening qatnashchilari tomonidan berilgan qo‘shimcha savollarga javob qaytardi.









