2-fevral – Butunjahon suvli-botqoqli yerlar kuni
2026-02-02 10:00:00 / Yangiliklar

Suvli-botqoqli yerlar ekologik muvozanatni saqlashda o‘ta muhim rol o‘ynaydi: ular suv rejimini tartibga soladi, toshqin va qurg‘oqchilik xavfini kamaytiradi, suvni tozalaydi, ko‘plab o‘simlik va hayvon turlarining yashash joyi bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirishga yordam beradi.
O‘zbekiston Ramsar konvensiyasiga 2001-yilda qo‘shilgan. Bugungi kunda O‘zbekistondan xalqaro ahamiyatga ega Ramsar suvli-botqoqli hududlari ro‘yxatiga beshta obyekt kiritilgan: Dengizko‘l ko‘li (2001-y.), Arnasoy ko‘llar tizimi (2008-y.), To‘dako‘l va Quyimozor suv omborlari (2020-y.), Sudochye ko‘llari (2023-y.) va Jiltirbas ko‘li (2024-y.). Ushbu hududlar flora va faunaning nodir turlarini asrash, suv muvozanatini ushlab turish hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanishda alohida ahamiyatga ega.


