Sovuq ob-havoda biotexnik tadbirlar kuchaytirilmoqda
2026-01-22 10:00:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda doimiy tarzda biotexnik tadbirlar olib boriladi. Bu tadbirlar kunlar keskin sovib ketganida yanada kuchaytiriladi.

Ayni damda ham yurtimizdagi barcha muhofaza hududlarida yovvoyi tabiat vakillarining sovuq iqlimda ozuqa topishini osonlashtirish maqsadida biotexnik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Xususan, Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ining Zavar va Tamshush bo‘limlari hududida qalin qor yog‘ishi natijasida yovvoyi hayvonlar uchun ozuqa topish qiyinlashdi. Shu sababli hududning belgilangan nuqtalarida turli ozuqa mahsulotlari, jumladan, dag‘al xashak, arpa va kepak qo‘yib chiqilmoqda.
O‘z navbatida ozuqa joylari ekologik talablarga muvofiq holda tashkil etilib, hayvonot dunyosining qish mavsumini talafotsiz o‘tkazishiga xizmat qilmoqda.




