Har bir fikr muhim: “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi muhokamasida faol qatnashing
2026-01-14 12:05:00 / Yangiliklar

Xususan, quyidagilar ko‘zda tutilgan:
— yuqori ekologik xavfga ega obyektlarda (I kategoriya) ifloslanish manbalaridan avtomatik namuna olish tizimlarini 50 foizgacha joriy etish;
— har yili 200 million daraxt ekish va ekilgan har bir daraxt uchun parvarish va sug‘orish tizimini yaratish;
— Respublika hududlarida yashil bog‘lar sonini 1023 taga yetkazish;
— Respublikada, jumladan, shaharlarda yashil hududlarni 30 foizgacha yetkazish;
— o‘rmon maydonlarini 6,1 million gektarga ko‘paytirish;
— Orol dengizi hududida umumiy yashil maydonlarni 2,6 million gektarga yetkazish;
— foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 6075 gektar yer maydonini rekultivatsiya qilish;
— aholining 85 foizini mahalla darajasida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish;
— qayta ishlash orqali alternativ energiya ishlab chiqariladigan chiqindilar ulushini 20 foizgacha yetkazish;
— qattiq maishiy chiqindilar poligonlari sonini kamida 50 foizga qisqartirish;
— maishiy chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 13 ta ekosanoat zonalarini joriy etish;
— I va II kategoriya bo‘yicha atrof-muhitga zarar yetkazuvchi 686 ta iqtisodiy subyektda 100 foizlik ifloslantiruvchi texnologiyalarni modernizatsiya qilish choralarini amalga oshirish.
Hurmatli vatandoshlar, siz ham o‘z taklif va tashabbuslaringizni uzbekistan2030.uz platformasi orqali yuborishingiz mumkin!

