11-yanvar — Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni
2026-01-11 17:10:00 / Yangiliklar

Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar tabiiy merosni muhofaza qilish, ilm-fanni rivojlantirish, ekologik madaniyatni oshirish hamda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda u 7 ta davlat qo‘riqxonasi, 1 ta kompleks (landshaft) buyurtmaxona, 13 ta tabiiy bog‘, 1 ta milliy bog‘, 11 ta tabiat yodgorligi, 2 ta biosfera rezervati, 12 ta buyurtmaxona (ulardan 10 tasi yuridik shaxs maqomiga ega emas), shuningdek, “Jayron” maxsus pitomnigini o‘z ichiga oladi. Mamlakatdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 6 333 779,17 gektarni tashkil etadi. So‘nggi yillarda sohada sezilarli natijalarga erishildi: 2017-yilgacha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mamlakat hududining 4,5 foizini tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 14,1 foizga yetdi.
Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni tabiatni asrash umumiy mas’uliyat ekanligini ta’kidlaydi. Bugun tabiiy merosga g‘amxo‘rlik qilish — kelajak avlodlar uchun barqaror rivojlanish va farovon kelajak sari qo‘shilgan hissadir.
