Bobotog‘da boychechak gulladi
2026-01-07 14:45:00 / Yangiliklar
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi Bobotog‘ milliy tabiat bog‘ida boychechak ochildi.

Boychechak piyozdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt bo‘lib, boʻyi 7—20 smga teng. Ildiz boʻgʻzi bargi bitta, ipsimon, yashil, tuksiz, uzunligi oʻsimlikning boʻyiga teng keladi. Poya barglari navbat bilan joylashgan, pastkilari qalami yoki qalaminashtarsimon, poyani biroz oʻrab turadi. Gulqoʻrgʻoni 6 ta, oddiy tojsimon, tutashmagan, sargʻish, 5–7 mm uzunlikdagi gulbarglardan tashkil topgan. Boychechak fevral-mart oylarida gullab, meva beradi. Choʻl va adirlarning soz tuproq, qumloq hamda toshloq tuproqli yerlarida oʻsadi.


