Maktab o‘quvchilari Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi
2024-05-07 11:35:00 / Yangiliklar
![Maktab o‘quvchilari Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F19b2cd77-16ab-f0bc-5223-50ecea5a6a8b_lists_slider_11129.jpg&w=3840&q=75)
Xususan, ko‘rgazmaga Toshkent xalqaro maktabi hamda Samarqand shahridagi 10, 22, 3, 45, 34-umumta’lim maktablari o‘quvchilari tashrif buyurishdi.
Ma’lumot uchun, 18-aprel kuni universitet qoshidagi Art-Rezidensiyada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BAA Sharja amirligi hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim bin Sulton Ol-Qosimiy, Sharja arxeologiya departamenti bosh direktori Eyza Yusuf hamda BAAning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirokida Sharja amirligi arxeologik topilmalari ko‘rgazmasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ko'rgazmadan Sharjadagi Mleyxa arxeologik yodgorligi hududidan topilgan va qadimgi Misr, Yunon, Rim, Parfiya, Markaziy Osiyo va Hindiston madaniyatiga oid 170 dan ortiq arxeologik topilmalar o'rin olgan.
Shuningdek, “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishish, yoshlarning turizm sohasidagi san’at, kitob va oliy ta’limga qiziqishini yanada oshirish maqsadida umumta’lim maktablari bitiruvchilari uchun universitet bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etiladi.