Navoiyda 6 ta onlayn kuzatuv kamerasi ishga tushirildi
2024-05-07 11:10:00 / Yangiliklar

Bu kameralar Navoiy shahrining "Tinchlik”, "Farovon" mahallalari hamda Karmana tumanidagi “Yangiariq”, "Yangi hayot" mahallalarida ishga tushirildi. Shuningdek, viloyat bo‘yicha jami 15 ta kuzatuv kameralarini joylashtirish rejalashtirilgan. Bu kameralar yon-atrofni 360 darajada tasvirga oladi.
Bu kameralar belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash va boshqa ekologik huquqbuzarliklarni tezkorlik bilan aniqlash va tegishli chora ko‘rish imkonini beradi.
Ma'lumot uchun, ayni damda Andijon, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida mavjud bo‘lib, yil oxiriga qadar respublikamizning qolgan hududlarida ham o‘rnatish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik uchun fuqarolarga BHMning 1–3 baravari (340 ming so‘mdan 1 million 20 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa BHMning 10-20 baravari (3 million 400 ming so‘mdan 6 million 800 ming so‘mgacha) miqdorida jarima belgilangan.
