Qibray tumanida issiqxonalarni gazlashtirish jarayonlari oʻrganildi
2025-12-11 17:30:00 / Yangiliklar
Maxsus komissiya Qibray tumanidagi issiqxonalarning joriy faoliyatini oʻrganib chiqdi, bunda ularni gazlashtirish jarayoniga alohida e'tibor qaratildi. Tekshiruv davomida mavjud isitish tizimlari, uskunalarning texnik holati, energiya iste'moli hajmlari, shuningdek, ekologik talablarga rioya etilishi koʻrib chiqildi.
Mutaxassislar issiqxona egalariga tabiiy gazga ulanish imkoniyatlari, texnik shartlar va takomillashtirishni talab qiladigan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berishdi.
Ma'lumot o'rnida, tadbirkorlar uchun zamonaviy filtrlar bo‘yicha qisqa seminar-trening va ko‘rgazma ham o‘tkazilgan edi. Unda tegishli tashkilotlar vakillari va mutasaddi idoralar ishtirok etib, ekologik xavfsizlikni oshirishga qaratilgan texnologik yechimlar taqdim qilindi.
Olib borilayotgan ishlar issiqxona ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, uning barqarorligini ta'minlash va yanada ekologik xavfsiz texnologiyalarga oʻtishga qaratilgan.
