Amaliy seminar o'tkazildi
2025-12-10 22:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda qo‘riqxona hamda hududda joylashgan tog‘lar haqida ma’lumot berildi. Aytish o‘rinliki, «Hisor» davlat qo‘riqxonasida O‘zbekistondagi eng baland tog‘larning bir qismi joylashgan bo‘lib, qo‘riqxona hududidagi muzliklardan zilol suvli bir nechta daryolar oqadi va ular Qashqadaryoning katta qismini suv bilan ta’minlaydi.
Qo‘riqxona hududida O‘zbekistondagi eng baland cho‘qqilardan bir nechtasi joylashgan. Jumladan, Hazrati Sulton tog‘i – 4 337 metr, Xo‘ja-kirshavor – 4303 metr, To‘rtqo‘ylik – 4366 metr, Bibi-O‘lmas tog‘i – 4349 metr. Bundan tashqari, qo‘riqxona hududida 4 ming metrdan baland bo‘lgan yana bir nechta nomsiz cho‘qqilar joylashgan.
Qo‘riqxona hududidagi abadiy Severtsov muzligi Oqsuv daryosining sharqiy Oqsuv soyining yuqori qismida joylashgan bo‘lib, uning maydoni 1515 gektarni, Botirboy muzligi Xoliqdod soyining yuqori qismida bo‘lib, uning maydoni 1600 gektarni tashkil etadi.
Amaliy seminarda qo‘riqxonaning boy hayvonot va o‘simlik dunyosi hamda go‘zal tabiati haqida ham ma’lumtolar berildi.

