Bugun, 8-dekabr – Butunjahon iqlimni muhofaza qilish kuni!
2025-12-08 11:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston ushbu chaqiriqlarga faol javob bermoqda. Mamlakatda iqlim o‘zgarishiga moslashish, energiya samaradorligini oshirish, issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish hamda suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘rmonlarni tiklash va barqaror qishloq xo‘jaligi dasturlari esa aholiga va tabiatga ta’sir etayotgan iqlim xavflarini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Butunjahon iqlimni muhofaza qilish kuni — tabiatga ongli munosabatda bo‘lish zarurligini eslatib turuvchi sanadir. Bunga har bir fuqaro resurslarni tejash, chiqindilarni saralash, ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z hissasini qo‘sha oladi.
Iqlimni asrash yo‘lida qo‘yilgan har bir qadam — xavfsiz va barqaror kelajakka qo‘shilgan hissadir!
